Вирусли гепатит а хакида маълумот

Gepatit A (Botkin kasalligi) — RNK-virus bo’lib, Picornavirus oilasiga, Enterovirus sinfiga mansub, o’tkir virusli jigar shikastlanishiga olib keladi. Uning o’lchami 27-30 nm. Virusning qobig’i yo’q. Bundan tashqari, virusning yana to’rtta inson virusi genotipi va uch xil maymun virusi genotipi  aniqlangan.

Genotiplardan qat’i nazar, barcha A turdagi viruslar o’xshash antigen, immunogen va himoya xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi. Ya’ni virusning bir serotipi bir xil standart reagentlar bilan aniqlanadi va bir xil vaktsina bilan oldi olinadi.

Kasallikning xususiyatlari

Kasallikning tarqalishi asosan yilning issiq davrida sodir bo’ladi. Biroq, uzoq inkubatsion davri va subklinik bosqichi tufayli infektsiya bahor va kuzda ko’proq aniqlanadi. Taxminan har 3-5 yilda gepatit A boshqa yillarga nisbatan ko’proq tashxislanadi.

Gepatit A virusiga yoshidan qat’iy nazar faqat odamlar moyil b’ladi. Hayvonlar ushbu virusga moyil emas. Insonlarda ushbu kasallikdan sog’aygach, Gepatit A ga qarshi doimiy, umrbod immunitet paydo bo’ladi, ya’ni odam bu kasallikka ikkinchi marta chalinmaydi. Dunyoda yuqumli kasalliklarni nazorat qilish bo’yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga ko’ra, virusli gepatit A yiliga 1,4 million odamni kasallaydi. O’zbekiston Gepatit A o’rtacha tarqalgan hududlar doirasiga kiradi.

Tegishli sanitariya-gigiyena sharoitiga ega bo’lgan rivojlangan mamlakatlarda virusli gepatitning tarqalish ko’rsatkichi past bo’ladi. Umuman, kasallikka chalinish ehtimoli yuqori bo’lgan kishilarga:

  • Ushbu kasallik endemik bo’lgan hududlarga sayohat qilganlar;
  • OIV (Odam immunitet tanqisligi virusi) yoki OITS bilan og’rigan (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) bo’lganlar;
  • Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar;
  • Virusli gepatit B yoki gepatit C bilan kasallangan shaxslar;
  • Aholining yopiq guruhlaridagi shaxslar (masalan, o’quvchilar).

Virusli gepatit A — jigar infektsiyalarining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir. Masalan, 1988 yilda Shanxayda JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) ga ko’ra, epidemiya 300 ming kishini zararlagan.

Virusli gepatit A ning yakuni bolalikda ijobiydir, kasallik asimptomatik (alomatlarsiz) tarzda o’tadi, hayot sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi. O’smirlik davrda kasallik jiddiy shaklda o’tadi va kasallikdan so’ng qat’iy ravishda parhezga rioya qilish kerak. O’lim holatlari faqat qarilarda kuzatiladi va har 1000 ta holatdan 4 tasini tashkil etadi.

Gepatit A ning qo’zg’atuvchisi va rivojlanishi

Gepatit A ning virusi HAV (Hepatitis A virus) deb ham ataladi. Virus quruq va issiq sharoitlarga (60 °C) chidamli, sho’r va chuchuk suvda oylar davomida saqlanadi. Ultrabinafsha nurlanishi ostida 1 daqiqada, 121 °C issiqlikdagi avtoklavda 20 daqiqa davomida, xloramin yoki xlor preparatlari bilan ishlov berilganda 5-7 daqiqada nobud bo’ladi.

Gepatit A virusi

Virusning nam muhitda chidamliligi:

  • 20-22 °C — 3-4 xafta;
  • 4-6 ° C — 3-4 oy;
  • 60 °C  — 12 soatgacha;
  • 100 °C — 5 daqiqagacha.

Virion sferik shaklga ega bo’lib, markazida bitta RNK (ribonuklein kislotasi) ipi mavjud.

Sog’lom odamning kasallanishi najas-og’iz yo’li bilan amalga oshiriladi. Kasal odamlar najas bilan birga juda ko’p viruslarni chiqaradi va yomon sanitariya-gigiena va suvni ifloslanishi sharoitlarida yuvilmagan qo’llar, suv, meva-sabzavotlar orqali o’giz bo’shlig’iga va qizilo’ngachga, u yerdan ovqat hazm qilish tizimi epitelial hujayralari orqali qonga, qon oqimi bilan esa jigarga hujayralarigacha (gepatotsitlar) yetib boradi.

Gepatit A virus faqat gepatotsitlarda ko’payadi va ularga zarar keltiradi, bu esa jigar yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Virusning ortiqcha soni o’t suyuqligi yo’lchalari orqali o’t xaltasiga, u orqali me’da-ichak trakti orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Kasallik tasnifi

Kasallikning davomiyligiga ko’ra,

  • O’tkir shakli;
  • Cho’zilgan shakli.

Og’irlik darajasi bo’yicha :

  • Yengil daraja;
  • O’rta-og’ir daraja;
  • Og’ir daraja.

Kasallik alomatlari sezilarligiga ko’ra to’rtta shakli farqlanadi:

  • Subklinik (kasallik belgilari yo’q);
  • Xiralashgan (kasallikning alomatlari sezilar-sezilmas, umumiy holsizlik ko’rinishida);
  • Sariq kasalliksiz (teri sarg’ayishisiz aniq alomatlar);
  • Sariq kasallik (terida sariqlik mavjudligi bilan kasallikning umumiy simptomatikasi).

Virusli gepatit A belgilari va alomatlari

Inkubatsion davri (virus yuqganidan boshlab birinchi alomatlar rivojlanish davriga qadar) 14-28 kun davom etadi. Shundan so’ng kasallik belgilari rivojlanib, uch davrda kechadi va alomatlar o’ziga xos bo’ladi:

Zaharlanish yoki febril davr

  • Tana haroratining 37,0 dan 38,0 °C gacha ko’tarilishi;
  • Tez charchash;
  • Mehnat qobiliyatining kamayishi;
  • Xotira va e’tiborning kamayishi;
  • Umumiy zaiflik;
  • Bosh aylanishi;
  • Bosim tabiatli bosh og’rig’i;
  • Ishtahaning kamayishi;
  • Uyquchanlik;
  • Artralgiya (bo’g’imlardagi og’riqlar);
  • Mialgiya (mushaklardagi og’riq);
  • Vazn yo’qotish;
  • Burun va quloqlarning bitishi;
  • Tomoqdagi qichishish yoki tomoq og’rig’i;
  • Samarasiz yo’talning ko’rinishi.

Dispepsik davr

  • Ishtahanibg kamayishi;
  • Ko’ngil aynishi paydo bo’ladi;
  • Ichak tarkibilik qusish;
  • Og’izda achchiq ta’m paydo bo’lishi;
  • Stomatit (og’iz shilliq qavatidagi yarachalar);
  • Hiqqillash;
  • Jig’ildon qaynashi;
  • Oshqozon sohasidagi og’riqlar;
  • O’ng qovurg’a ostidagi og’riq;
  • Ichakning damlanishi;
  • Qabziyat yoki ich ketishi;
  • Sariq kasal (teri va shilliq pardalarning sarg’ayishi, ko’zlar va lablarda aniqroq seziladi);
  • Siydik rangining to’qlashishi;
  • Najasning rangsizlanishi.

Astenovegetativ davr

  • Asabiylashish;
  • Uyqusizlik;
  • Yurak urish tezligining oshishi;
  • Qon bosimining pasayishi;
  • Ruhiy tushkunlik;
  • Injiqlik;
  • Ko’zning yoshlanishi.

Kasallikni tashxislash

Tadqiqotning laboratoriya usullari aniq emas, ular jigarda va umuman tanada yallig’lanish va o’zgarishlarni ko’rsata oladi:

  • Umumiy qob tahlili — leykositlarning 9-1*109/l dan oshishi (leykositoz), leykositar formulaning chapga siljishi, ECHT (eritrositlar cho’kish tezligi) ning ortishi, 25 mm / soatdan oshadi.
  • Umumiy siydik tahlili — siydikda oqsil uchrashi va kuzatuv maydonida 15-20 ta yassi epiteliy uchrashi.
  • Jigar tekshiruvlari: umumiy bilirubinning 20,5-40,0 mkm/l bo’lishi albuminlarning pasayishi.

Serologik tadqiqot usullari o’ziga xosdir va kasallik diagnostikasini aniq qo’yish va sababchi agentini aniq aniqlash imkonini beradi:

  • IFA (immunoferment analiz).
  • RIA (radioimmun analiz).
  • PZR (polimeraza zanjiri reaktsiyasi).

Barcha serologik tadqiqot usullari qondagi anti-HAV antigenini aniqlashga asoslangan. Anti-HAV antigen immun tizimining maxsus moddasi bo’lib, organizmga gepatit a virusi tushishi natijasida ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, ushbu tadqiqot usullari yordamida, kasallikning bosqichini va holatini aniqlash mumkin:

  • Qon zardobida IgM (immunoglobulin M) ning mavjudligi o’tkir jarayonning mavjudligini ko’rsatadi;
  • Qon zardobida IgG (immunoglobulin G) mavjudligi odam kasallik bilan kasallanib, sog’ayib ketganligi yoki tiklanish jarayonida ekanligini ko’rsatadi.

Virusologik tahlillar patogenni aniqlashga asoslanadi va aniq tashxis qo’yish usuli hisoblanadi. Bu usulning kamchiligi — uzoq vaqt talab etadi. Virusni aniqlash 4-10 haftaga davom etadi.

Virusli gepatit A ni davolash

Dori-darmon bilan davolash

Virusli gepatit A uchun maxsus antivirus davo yo’q. Dori vositalari kasallik alomatlari va kasallik paytida hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Viruslarning hayotiy faoliyati mahsulotlaridan va gepatotsitlarning nobud bo’lishi natijasida hosil bo’lgan zaharlanishni kamaytirish uchun detoksikatsion davo:

  • Reosorbilakt — 200,0 ml vena ichiga tomchilab, kuniga 1 marta;
  • Ringer-Lokk eritmasi — 200,0 ml vena ichiga, kuniga 1 marta;
  • Fiziologik eritmada 5% glyukoza eritmasi — 200,0 ml vena ichiga tomchilab kuniga 1 marta.

Sorbentlar, chunki jigar funktsiyasi buzilganligi tufayli organizm zararli moddalarni qayta ishlay olmaydi:

  • Enterosgel 1 osh qoshiqdan uchun kuniga 3 marta;
  • 1 tadan Smekta kuniga 3-4 marta;
  • Normaze 25-40 mg (tana vazniga qarab) ovqatdan oldin kuniga 3 marta.

Ovqat hazm qilish normalizatsiyasi uchun fermentlar:

  • Creon 25 000 yoki mezim-forte 20 000 — 1 kapsuladan kuniga 3 marta ovqat bilan birga.

O’t pufagidagi safro to’xtab qolishining oldini olish uchun safro haydovchi preparatlar:

  • Alloxol — 2 tabletkadan kuniga 3 marta yoki Holosas 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta.
Читайте также:  Какое дезинфицирующее средство от гепатита с

Qorin og’rig’ini pasaytirish uchun spazmolitiklar:

  • Kuniga 3 marta 1-2 tabletka No-shpa yoki Mebverni.

Umumiy quvvatlovchi davolash:

  • Stimol 1 qutidan — 2 — 3 marta.
  • Neyrorubin — kuniga 1 marta mushak ichiga 3,0 ml;
  • Vitamin C — 1 tabletkadan (500 mg) kuniga 2 marta.

Kasallik kechishini yengillashtiradigan parhez

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish kuniga kamida 5 marta kichik qismlarda bo’lishi kerak. Och qoringa kamida 1 stakan suyuqlik ichish kerak.

Ruxsat berilgan:

  • Ikkinchi bulonlarda sho’rvalar;
  • Sabzavotli sho’rvalar yoki makaronli sho’rvalar;
  • Bo’tqalar: suli yormasi, manna, guruch, grechka;
  • Makaron;
  • Qaynatilgan mol go’shti, oq tovuq go’shti;
  • Yog’siz baliq turlari;
  • Kefir, smetana, past yog’li tvorog;
  • Qaynatilgan sabzavotlar;
  • O’simlik moyi;
  • Tuxum oqi;
  • Biroz limonl qo’shilgan choy, na’matak qaynatmasi, shakarsiz meva sharbatlari.

Taqiqlangan:

  • Yog’li sho’rvalar, okroshka;
  • Bo’tqalardan perlovka, tariq, bug’doy, jo’xori;
  • Dukkaklilar: no’xat, loviya, qushqo’nmas;
  • Go’sht mahsulotlari: jigar, buyraklar, yirik qoramol tillari, yog’li parranda;
  • Yog’li baliq turlari;
  • Sho’r, dudlangan baliq, baliq konservalari;
  • Kolbasa, sosiska;
  • Qaymog’i olinmagan sut, qaymoq;
  • Xom sabzavotlar;
  • Mayonez, xantal, ziravorlar, sirka, adjika, ketchup;
  • Shokolad, tortlar;
  • Qahva, kakao, gazlangan ichimliklar, alkogol.

Gepatit A asoratlari

  • O’tkir jigar yetishmovchiligining rivojlanishi;
  • Xolesistit (o’t pufagining yallig’lanishi);
  • Xolangit (o’t yo’llarining yallig’lanishi).

Kasallikni oldini olish

  • Xavfsiz va toza ichimlik suvini ichish;
  • Oqova suvlarni ishonchli qayta ishlash va filtrlash;
  • Shaxsiy gigienaga rioya qilish;
  • Faol hayot tarzi olib borish;
  • Sport bilan shug’ullanish;
  • Ish va dam muvofiqligi;
  • Surunkali jigar xastaligi bilan odamlar vaktsina (emlash) olish.

Источник

Virusli gepatit — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. V. g . deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va Ye virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan V. g .lar shprits, igna va b. tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin. V. g .lar davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va Ye virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. V. g .lar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari ham kuzatiladi. Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. V. g .larning shakli-shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi. boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi, yoʻtaladi va h.k. Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi, meʼda sohasida bir oz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning madori qurib, ishtahasi pasayadi, oʻng qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi. V.glarning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qatʼi nazar, shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi: 1) siydikning pivo rangida boʻlishi; 2) axlat rangining oqarishi; 3) koʻpchilik (deyarli 90%) hollarda jigarning kattalashishi.

Kasallikning «sariqlik davri» ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan V. g .ning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinqiraydi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan V. g .larda, ogʻiz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq choʻziladi, bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, koʻngli ayniydi, baʼzi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili). V. g .larning xiliga qarab uning klinik alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin: sariqsiz oʻtadigan shaklida pigment almashinuvi buzilmaganligi sababli bemor sargʻaymaydi, siydigi va axlatining rangi oʻzgarmaydi, qonda bilirubin miqdori meʼyorida boʻladi. Bilinar-bilinmas belgilar bilan oʻtadigan shaklida bemorning koʻzi qisqa muddat sal sargʻayadi, bilirubin miqsori ham tezda oʻz asliga keladi. Subklinik shaklida klinik belgilar deyarli kuzatilmaydi, uni faqat lab. tekshiruvlaridan bilish mumkin. V. g .ning virus tashib yuruvchilik shakli ancha murakkab, u yashirin holda kechib, bora-bora surunkali tus oladi. Kasallikning surunkali xili ancha ogir asoratlarga (oʻtkir jigar ensefalopatiyasi, gemorragik, shish-assitik sindrom va b.) sabab boʻlishi mumkin.

V. g . tashhisi (diagnozi) asosan bemordan olingan maʼlumotlar, kasallikka xos alomatlar, qon tahlili va b. asosida qoʻyiladi. V. g .ning boshlangʻich davri dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga oʻxshab ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.

V. g .larning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu koʻst amal qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim. Kasalxonadan chiqqan bemorlar maʼlum muddat dispanser nazoratida boʻlishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va V gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola 6 oyligida oʻtkaziladi. Emlash natijasida 95% bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi; epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va 6 oy oʻtgach qayta emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo boʻlib, u 15— 20 y.gacha saqlanadi va kasallik tar-qalishining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi. Profilaktika maqsadida bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin) dan ukol qilinadi. Davolash asosan bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi; yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga (qarang Parhez bilan davolash) rioya qilish tavsiya etiladi. Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h. k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, uglevodlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek turli meva sharbatlari beriladi.[1][2]

Manbalar[tahrir]

Источник

Вирусли гепатит – ўткир юқумли касаллик; жигар ҳужайраларининг зарарланиши, умумий интоксикация белгилари, тери ва шиллиқ қаватларнинг сарғайиши, пешобнинг тўқ сариқ ёки «пиво»га ўхшаш, нажаснинг оқимтир тусга (гилвата рангига) кириши, жигар, баъзан талоқнинг ҳам катталашиши билан ифодаланади. Вирусли гепатит деганда бир-бирига ўхшаш олти хил гепатит тушунилади, булар A, В, С, D, E, G вируслари қўзғатадиган касалликладир. Улар юқишига қараб оғиз орқали (A, Е) ва парентерал йўл билан юқадиган (В, С, D, G) хилларга ажратилади. А ва Е вирусли гептитларда вируслар беморнинг ахлати орқали ташқарига чиқади. Шу боис ахлат, сув, озиовқат маҳсулотлари, бемор фойдаланган буюм ва нарсалардан ифлосланиш жуда хавфли ҳисобланади. Парентерал йўл билан юқадиган вирусли гепатитлар шприц, игна ва бошқа(лар) тиббий асбоблани етарли зарарсизлантирмаслик оқибатида, шунингдек, қон ва қон препаратлари куйиш ҳамда турли тиббий муолажалар (гинекологик, стоматологик ва бошқа(лар)) вақтида юқиши мумкин. Вирусли гепатитлар даврий кечиши билан характерланади, унинг яширин, бошланғич, авж олган, орқага қайтиш ва соғайиш даврлари ажратилади. Касалликнинг яширин даври унинг турига қараб ҳар хил: А ва Е вирусли гепатитларда 7 кундан 60 кунгача, парентерал йўл билан юқадиган хиларида 2 ҳафтадан б ойгача, баъзан 1 йилгача давом этиши мумкин. Вирусли гепатитлар енгил, ўрта ва оғир, шунингдек, асоратсиз ва асоратли, ўткир, сурункали ҳамда вақт-вақти билан қайталаниб турадиган шаклларда кечади; баъзан аралаш хиллари ҳам кузатилади. Ҳомиладор аёллар ва болаларда касаллик оғирроқ кечади. Вирусли гепатит ланинг шакли-шамойили турлича: гриппга ўхшаш, диспептик, астеновегетатив, артралгик аломатлар, аралаш синдромлар билан ҳамда лтент (клиник белгисиз). Касаллик гриппга ўхшаб бошланганда бемор тўсатдан қалтирайди, эти увишади, боши оғрийди, ҳарорати кўтарилади, аъзойи бадани қақшайди, йўталади ва ҳ. к. Диспептик аломатлар билан бошланганида бемор кўнгли айниб қусади, меъда соҳасида бироз оғриқ бўлади, баъзан ичи кетади; унинг мдори қуриб, иштаҳаси пасаяди, ўнг қовурғаси остида оғриқ пайдо бўлади. Астеновегегатив аломатлар билан бошланганда беморнинг боши айланади, оғрийди, кўп терлайди, ўта инжиқ, йиғлоқи бўлиб қолади. Вирусли гепатит ларнинг бошланғич даври қандай синдром билан кечишидан қатьи назар, шу касалликка хос 3 белги кузатилади: 1) сийдикнинг пиво рангида бўлиши; 2) ахлат рангининг оқариши; 3) кўпчилик (деярли 90 %) ҳолларда жигарнинг катталашиши.

Читайте также:  Тошнота и потеря аппетита при гепатит с

Касалликнинг «сариқлик даври» ҳам ўзига хос тарзда кечади. Кўз оқи сарғайиши билан вирусли гепатитнинг авж олган даври бошланади; А шаклида бемор сарғайиши билан унинг аҳволи анча енгиллашиб тузалинкирайди. Парентерал йўл билан юқадиган вирусли гепатит ларда, оғиз орқали юқадганларига нисбатан сариқлик даври узоқроқ чўзилади, бемор тезда тузалавермайди, дармни қурийди, кўнгли айнийди, баъзи ҳолларда бадани қичийди (холестатик хили). Вирусли гепатит ларнинг хилига қараб унинг клиник аломатлари турлича намоён бўлиши мумкин: сариқсиз ўтадиган шаклида пигмент алмашинуви бузилмаганлиги сабабли бемор сарғаймади, сийдиги ва аҳлатининг ранги ўзгармайди, қонда билирубин миқдори меъёрида бўлади. Билинар-билинмас белгилар билан ўтадиган шакли да беморнинг кўзи қисқа муддат сал сарғаяди, билирубин миқдори ҳам тезда ўз аёлига келади. Субклиник шаклида клиник белгилар деярли кузатилмайди, уни фақат лаб. текширувларидан билиш мумкин. Вирусли гепатитнинг вирус ташиб юрувчилик шакли анча мураккаб, у яширин ҳолда кечиб, бора-бора сурункали тус олади. Касалликнинг сурункали хили анча оғир асоратларга (ўткир жигар энцефалопатияси, геморрагик, шиш-ацитик синдром ва бошқа(лар)) сабаб бўлиши мумкин.

Вирусли гепатит ташхиси (диагнози), асосан, бемордан олинган маълумотлар, касалликка хос аломатлар, қон таҳлили ва бошқа(лар) асосида қўйилади. Вирусли гепатитнинг бошланғич даври диспептик, катарал ва сохта ревматоид синдромларда кузатиладиган белгиларга ўхшаб кетганлиги боис, уни ана шу касалликлардан фарқлай билиш лозим.

Вирусли гепатит ларнинг олдини олишда шахсий гигиена қоидаларига бекаму кўст амал қилиш, касалликни ўз вақтида аниқлаб, беморни касалхонага ётқизиш ва у билан яқин бўлганларни тиббий кўрикдан ўтказиш ҳамда у тутган идиш-товок ва буюмларни дезинфекция қилиш муҳим. Касалхонадан чиққан беморлар маълум муддат диспансер назоратида бўлишлари лозим. Касалликнинг олдини олиш мақсадида А ва В гепатитларга қарши вакцинация қилинади (эмланади). У янги туғилган чақалоқларга, 2-марта эса 1 ойлигида тери остига юборилади. Ревакцинация бола б ойлигида ўтказилади. Эмлаш натижасида 95 % болаларда касалликка қарши иммунитет пайдо бўлади; эпидемиологик жараёнларга қараб катталарга ҳам вакцина юборилади, у биринчи бор қилингандан кейин орадан 1 ой ва б ой ўтгач қайта эмланади. Эмлаш натижасида иммунитет пайдо бўлиб, у 15-20 й. гача сақланади ва касаллик тарқалшининг олдини олади, вирус ташувчилик ҳимояланади.

Олдини олиш мақсадида болаларга гаммаглобулин (нормал иммуноглобулин)дан укол қилинади.

Даволаш, асосан, беморнинг умумий аҳволи ва касалликнинг клиник белгиларига қараб олиб борилади; енгилроқ хилида деярли дори-дармонлар берилмайди, кун тартиби ва парҳезга (қ. Парҳез билан даволаш) риоя қилиш тавсия этилади. Касалликнинг бошқа шаклларида хам парҳез ва кун тартибига амал қилишдан ташқари, глюкоза, витаминлар, тузли эритмалар, қон ҳамда плазма ва қон ўрнини босувчи суюқликлар, зарур ҳолларда гормонлар, антибиотиклар ва ҳ. к. буюрилади. Беморга витаминлар, карбонсувлар, оқсилга бой овқатлар, шунингдек, турли мева шарбатлари берилади.

Источник

Gepatit C — gepatit C virusi sabab jigarning yallig’lanishidir. Gepatit so’zi yunoncha «hepar» — jigar va «itis» — yallig’lanish so’zlaridan olingan. Dori, toksinlar, zahar, spirtli ichimliklar, allergik reaktsiyalar, autoimmun kasalliklar faqat gepatitning o’ziga sabab bo’lishi mumkin, lekin virusli gepatitlar quyidagi viruslar tomonidan qo’zg’atiladi:

  • Gepatit A virusi
  • Gepatit B virusi
  • Gepatit C virusi

Bulardan boshqa gepatit viruslari ham mavjud, lekin asosan bu uchta turi uchraydi. Bundan tashqari, boshqa, gepatitga oid bo’lmagan viruslar ham gepatitning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Masalan OIV, sitomegalovirus, EB virusi.

Gepatit C nima?

Kasallikning ikkita kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Taxminan 50- 80% zararlangan insonlarda kasallik keyinchalik esa surunkali gepatit C shakliga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va kasallik tashuvchisiga aylanadi.

Gepatit C ning bir necha genotipli turlari uchraydi. Ular 1a, 1b, 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo’linadi. Bu genotiplar o’rtasidagi farq kasallikni davolashda muhim o’rin tutadi (dori turi, dozalari va davolash muddati).

Gepatit C belgilari

Kasallikning turli bosqichlarida ma’lum bir alomatlari seziladi.

O’tkir gepatit C belgilari va alomatlari

O’tkir bosqichda 65% insonlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq namoyon bo’la boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta davom etadi. Ular:

  • Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda;
  • Siydik rangining to’q bo’lishi;
  • Rangsiz axlat (oqimtir);
  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
  • Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi;
  • Charchoq;
  • Biroz isitma va titroq;
  • Mushaklardagi og’riq;
  • Ishtaha yo’qolishi;
  • Kayfiyatning tezda o’zgarishi;
  • Bo’g’imlardagi og’riq.

Surunkali gepatit C belgilari va alomatlari

Surunkali bosqichida bemorlar odatda, aniq belgilarsiz holda yillar davomida yashaydilar. Bu ba’zan «faoliyatsiz» yoki «yashirin» gepatit C deb ataladi. Natijada yallig’lanish va chandiq (jigar sirrozi) bilan birga faol surunkali gepatit rivojlanadi. Kasallik davolanmasa, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va jigar saratoni (gepatosellyulyar saraton) va hatto o’limgacha olib borishi mumkin. Surunkali gepatit C belgilari:

  • Zaiflik va charchoq;
  • Ko’ngil aynishi;
  • Ishtaha yo’qolishi;
  • Mushak va bo’g’imlardagi og’riq;
  • Vazn yo’qotish.

Surunkali gepatit C jigar yetishmovchiligiga (jigar dekompensatsiyasi) olib kelgani bois qo’shimcha alomatlar kuzatiladi:

  • Siydik rangining to’q bo’lishi;
  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
  • Qichish;
  • Suyuqlik to’planishidan kelib chiqadigan qorindagi shishlar;
  • Suyuqlik to’planishi tufayli oyoq shishishi;
  • Qon qayt qilish;
  • Umumiy qorin og’rig’i.
Читайте также:  Как бороться с болезнью гепатит с

Jigar zararlanganda u o’z funktsiyalarini bajara olmaydi. Jigar funktsiyalari qondagi zaharli birikmalarni parchalash, infektsiyalar bilan kurash, dori vositalarini parchalash, ba’zi muhim oqsillarni sintez qilish, qon ivish omilini ishlab chiqish va vitamin, mineral, yog’ va uglevodlarni depo qilib saqlashdir.

Gepatit C qanday yuqadi?

Gepatit C virus bilan kasallangan shaxsdan boshqa shaxsga yuqadi. Virus hayvonlar yoki hasharotlardan yuqmaydi.

Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990 yilga qadar virus, odatda, qon quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi.

Gepatit C ning yuqishi ba’zan infektsiya nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda, sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari nosteril asbob qo’llashi yoki igna orqali sog’lom insonga virusni yuqtirishi mumkin.

Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmaganda chora sifatida qaraladi.

Kundalik hayotda

Virus jinsiy aloqa yo’li bilan yuqishi mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Og’izda jarohatlar yoki yaralar bo’lganda o’pish orqali yuqishi mumkin, lekin bu ilmiy isbotlanmagan. So’lakda virus uchramaydi, albatta agar so’lakda qon bo’lmasa. Shaxsiy gigiena vositalari, masalan tish cho’tkasi va ustaralar umumiy ishlatilganda virus yuqishi mumkin.

Virus bilan yangi tug’ilgan chaqaloq onasi orqali zararlanishi mumkin. Istisnolar, ona qonida virus uchramasa. Ona suti orqali gepatit C uzatilishi qayd qilinmagan.

Tatuirovka urish orqali ham virus uzatilishi qayd qilingan, zero ko’pchilik salonlarda sterilizatsiyaga amal qilinmaydi. Gepatit C oziq-ovqat, suv orqali yuqmaydi.

Qanday qilib zararlanishni oldini olish mumkin?

Kasallikka qarshi hech qanday vaktsina kashf etilmagan. Zararlanishni oldini olish uchun:

  • Jinsiy aloqa vaqtida himoyalanish;
  • Boshqa insonning shaxsiy gigiena asboblaridan foydalanmaslik;
  • Go’zallik salonlari va tatu salonlarda e’tiborli bo’lish, ularning asboblarida har xil viruslar, jumladan OIV yoki gepatit C virusi uchrashi mumkin;

Gepatit C ni tashxislash

Gepatit C bemorni so’roq qilish, puxta jismoniy ko’rik va laborotoriya tahlillari yordamida aniqlanadi. Shifokor kasallik belgilari qancha vaqt davom etayotganini aniqlashtiradi. Shuningdek xavf omillari tarixi haqida so’rashi mumkin, ularga:

  • Qon quyish;
  • Sayohat;
  • Gemodializ;
  • Pirsing va tatuirovkalar;
  • Gepatit C bilan kasallangan inson bilan aloqa kiradi.

Laboratoriya va qon tahlili

Laboratoriya qon tahlili kasal qonidagi turli moddalarni, fermentlar sonini aniqlash, jigar funktsiyasini baholash va gepatit C ga qarshi antitanalarni topish uchun amalga oshiriladi. Agar tahlillar virus borligini aniqlasa, bemor qonidagi virusning genetik materiali miqdori aniqlanadi. So’ngi tahlil natijasi davolash tartibini belgilashda muhim hisoblanadi va jarayonni nazorat qilishga yordam beradi.

Boshqa tahlillar

Kasallikka tashxis qo’yilgandan keyin bemorda jigar fibrozi yoki sirrozi alomatlari bor-yo’qligini tekshiruvchi tahlillar o’tkazilishi mumkin. Bu jigar to’qimasi biopsiyasi yordamida amalga oshiriladi va mikroskop ostida jigar hujayrasi tekshirib ko’riladi. Jigar biopsiyasi bugungi kunda kamdan-kam hollarda  amalga oshiriladi, chunki noinvaziv testlar ko’proq samarali, oson va arzonroqdir.

Jigar fibrozini ultratovush tekshiruvi va MRT yordamida aniqlash mumkin. Bundan tashqari, turli xil qon tahlillari yordamida yallig’lanish darajasi va fibroz mavjudligini oldindan aniqlash mumkin. Asosan qon tahlili virus genotipini aniqlash uchun keng foydalaniladi. Shuningdek, bemorda OIV, gepatit A va B bor yoki yo’qligini aniqlash lozim, chunki ular kasallikni davolashda qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

Gepatit C ning davosi bormi?

Eng so’nggi viruslarga qarshi preparatlar bilan ko’pchilik kasallarda gepatit C ning eng ko’p tarqalgan turlarini butunlay davolash imkoni mavjud.

Qanday davolanadi?

So’nggi yillarda gepatit C kasalligini davolash keskin o’zgardi. 2016 yil yanvar oyida FDA bir martalik Elbasvir va Grazoprevir birlashmasidan iborat Zepatier nomli preparatni tasdiqladi. Bu preparat kasallikni deyarli 100% davolashga qodir ekanini namoyish etdi. Bundan oldin eng kuchli preparatlar bu 8-12 haftadan so’ng eng odamlarda kasallik belgilarini yo’qotadigan «Harvoni» deb nomlangan, «Sofosbuvir» va «Ledipasvir» dan iborat preparat edi. U preparat bemorlarda charchoq va bosh og’rig’iga sabab bo’lar edi.

Tibbiyot olamida yangiliklar

Yaqinda kashf qilingan dorilar :

  • Ombitasvir-Paritaprevir-Dasabuvir-Ritonavir (Viekira Pak);
  • Ombitasvir-Paritaprevir-Ritonavir (Technivie);
  • Daklastavir (Daklinza).

Bu preparatlar interferon talab qilmaydi va kam vaqt ichida ko’p odamlarni davolaydi. Dastlabki ikki dorilar faqat  kasallik rivojlanishining erta bosqichlarida tavsiya etiladi, chunki ular jigarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu dorilar juda qimmat turadi.

Buning o’rniga shifokor Botseprevir (Victrelis), Simeprevir (Ossio), Sofosvivir (Sovaldi) yoki Telaprevir (Incivek) kombinatsiyasi bilan Interferon birlashmasini tavsiya qilishi mumkin.

Interferon va Ribavirin gepatit C ni davolash asosiy vosita edi. Ular charchoq, shamollash belgilari, kamqonlik, teridagi toshmalar, ruhiy tushkunlik, ko’ngil aynishi va diareya kabi nojo’ya ta’sir chaqirishi mumkin.

Davolash virus genotipiga qarab o’zgaradi. Eng keng tarqalgan turi 1 genotip gepatit C virusidir, undan keyin 2 va 3 genotip, ularning ortidan 4, 5 va 6 uchraydi.

Preparatlarning nojo’ya ta’siri qanday?

Dorilarning eng keng tarqalgan nojo’ya ta’siri quyidagilardir:

  • Grippdagi kabi alomatlar;
  • Charchoq;
  • Soch to’kilishi;
  • Kamqonlik;
  • Fikrlash bilan bog’liq muammolar;
  • Asabiylashish;
  • Depressiya.

Bugungi kunda mavjud bo’lgan va keng foydalaniladigan virusga qarshi dorilarga:

  • Simeprevir (Ossio);
  • Paritaprevir / ritonavir (har doim birga);
  • Ledipasvir;
  • Ombitasvir;
  • Daklatasvir (Daklinza);
  • Sofosbuvir (Sovaldi);
  • Dasabuvir kiradi.

Ulardan ba’zilari (qavs ichida nomi yo’q dorilar) kombinatsiyalangan holda uchraydi, masalan:

  • Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir (Technivie);
  • Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir va Dasabuvir (Viekira Pak);
  • Ledipasvir, Sofosbuvir (Harvoni).

Gepatit C ning kishi hayotiga ta’siri

Ko’p odamlar bu kasallik bilan yashashadi. Agar sizda kasallik mavjud bo’lsa, o’zingizga va boshqalarga yordam berish uchun bir necha muhim narsalarga amal qilishingiz lozim :

  • Parhezga amal qiling va ko’proq dam oling;
  • Spirtli ichimliklar qabul qilmang;
  • Jigarni zararlovchi dorilarni qabul qilmang (shifokor tomonidan aniqlanishi mumkin);
  • Agar olmagan bo’lsangiz gepatit A va B ga qarshi vaktsina oling.

Boshqa birovga infektsiya yuqtirmaslik uchun quyidagi chora-tadbirlarga amal qiling:

  • Boshqalar bilan tish cho’tkasi yoki ustarani baham ko’rmang;
  • Boshqalarga sizning qoningiz bilan aloqa qilishga yo’l qo’ymang;
  • Jinsiy aloqa paytida himoyalaning;
  • Go’zallik salonlarida sizni qoningiz o’tishi mumkin bo’lgan amallarni qildirmang (manikyur, tatuaj);
  • Sizning kasalligingiz haqida yaqinlaringiz bilishi kerak, zero ular ehtiyot choralariga amal qilishadi.

Homiladorlik paytida gepatit C

Gepatit C homiladorlik davrida va tug’ruq davomida onadan bolaga yuqishi mumkin. Kasallikka qarshi antitanalari bo’lgan onalardan faqat 2% hollarda farzandiga yuqishi kuzatiladi. Qonida gepatit C virusi uchragan hollarda esa 5%. Ona OIV bilan zararlangan bo’lsa, uzatish xavfi deyarli 20% ni tashkil etadi.

Siz davolanishingiz kerak-kerakmasligini shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Gepatit C kasalligini davolash faqat mutaxassis tomonidan to’g’ri olib borilishi mumkin.

Gepatit C o’limga olib keladimi?

Kasallik ikki holatda fojiali yakun yasashi mumkin:

  1. Gepatit C rivojlanaversa va kasallik davolanmasa jigar yetishmovchiligiga, u esa oz navbatida o’limga olib keladi;
  2. Agar gepatit C sababli jigar saratoni (gepatosellulyar saraton) rivojlansa.

Lekin so’nggi tadqiqotlar va kashfiyotlar sababli yildan-yilga gepatit C sabali yuzaga keladigan o’lim hollari kamayib bormoqda.

Источник